Har bir xodimga o‘z ilovasi, hammasi bitta bazada

Har bir ilova alohida qurilmaga o‘rnatiladi: kassa kompyuteri, zal planshet, oshxona ekrani, ofitsiant telefoni va soati, kuryer telefoni. Buyurtma sayt, QR stol yoki Telegram botdan kelsa, kerakli ekranga bir soniyada yetadi.

Telegram bot

Mijoz botdan buyurtma beradi, stol band qiladi, taklif yozadi. Xodimlar guruhiga hamma so‘rov tugmalar bilan keladi.

Mijozlar uchun

  • Menyu, savat, yetkazish yoki olib ketish, Click, Payme, naqd
  • Buyurtma holati: tayyorlanmoqda, kuryer yo‘lda, yetkazildi
  • Stol band qilish: filial, kun, vaqt, mehmonlar soni
  • Banket so‘rovi, taklif, shikoyat va maqtov, yetkazilgandan keyin baho

Xodimlar guruhi uchun

  • Yangi buyurtma kartasi, holati o‘zi yangilanadi, “Bekor qilish” tugmasi
  • Bron va banketni guruhdan tasdiqlash yoki rad etish
  • Taklifga reply qilsangiz, javob mehmonga boradi
  • Ogohlantirish: 2 daqiqa javobsiz chaqiruv, kam qolgan mahsulot, chek qaytarish, Z-hisobot
  • /hisobot bugungi raqamlar, /ochiq hal qilinmagan so‘rovlar

Ulash: 3 qadam

  1. Telegram’da @BotFather ga /newbot yozing, nom bering va token oling.
  2. server/.env fayliga yozing:
    TG_TOKEN=123456:ABC...
    TG_ADMIN_PIN=7777
  3. Serverni qayta ishga tushiring, botni xodimlar guruhiga qo‘shing va guruhda /admin 7777 yozing.

Demoni boshidan boshlaysizmi?

Barcha ilovalardagi buyurtma, bron, to‘lov va smena ma’lumotlari o‘chib, namunaviy holatga qaytadi.